Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

SIMPTOMSIZ UYQU ARTERIYASI STENOZIDA YASHIRIN KOGNITIV BUZILISHLARNI ERTA TASHXISLASHNING KLINIK-EKSPERIMENTAL ASOSLARI (ADABIYOTLAR TAHLILI)

Jasurbek Qudratov, Aziza Djurabekova, Farrux Samatov

SamDTU Nevrologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
tibbiyot fanlari doktori, professor, SamDTU Nevrologiya kafedrasi mudiri
TDTU Termiz filiali Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi assistenti, PhD

Аннотация · Abstract

Ushbu adabiyotlar tahlili so‘nggi yillardagi xalqaro va mahalliy klinik-eksperimental tadqiqotlarni sintez qilgan holda, simptomsiz ichki uyqu arteriyasi stenozi (SICAS) fonida rivojlanuvchi subklinik (yashirin) kognitiv buzilishlarning patofiziologik mexanizmlari va ularni erta aniqlash muammolariga bag‘ishlanadi. Angionevrologiyadagi an’anaviy qarashlardan farqli bo‘laroq, bugungi kunda magistral tomirlar stenozi nafaqat o‘tkir insult xavfini oshirishi, balki mustaqil ravishda surunkali miya gipoperfuziyasi va mikroemboliyalar orqali vaskulyar demensiyaga olib kelishi isbotlangan. Maqolada neyropsixologik skrining usullari (MoCA, MMSE), neyrofiziologik diagnostika (transkranial dopplerografiya, miya qon aylanishi rezervi) va eksperimental hayvonlar modellarida olingan zamonaviy dalillar chuqur qiyosiy tahlil qilingan.

Сведения · Details

Профили авторов · Author profiles