Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
SUT BEZI SARATONINI ERTA TASHXISLASH VA DAVOLASHDA IMMUNOONKOLOGIK TEKSHIRUVLARNING AHAMIYATI
docent at the Department of Oncology, Andijan state medical institute, Andiijan, Uzbekistan
Andijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya" mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Adhamjonova Uktamxon Akmalxon qizi Andijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya "mutaxassisligi 1- bosqich magistranti
Andijon davlat tibbiyot instituti, "Onkologiya "mutaxassisligi 1- bosqich magistranti
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada sut bezi saratonini erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishda immunoonkologik tekshiruvlar, xususan interleykinlar (IL-6 va IL-10) ning diagnostik ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — an’anaviy biomarkerlar (HER2, PD-L1, gormonal retseptorlar) bilan bir qatorda interleykinlarni qo‘llash orqali kasallikni erta aniqlash, prognoz qilish va individual davolash strategiyasini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot jarayonida IL-6 va IL-10 ning biologik roli, o‘sma jarayonlari bilan bog‘liqligi hamda klinik-diagnostik ahamiyati baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, IL-6 darajasining oshishi o‘sma proliferatsiyasi va agressivligi bilan bog‘liq bo‘lsa, IL-10 immunosupressiv muhitni shakllantirib, kasallik prognoziga ta’sir ko‘rsatadi. Interleykinlarni aniqlash diagnostik aniqlikni oshirib, kasallikni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.20150490
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0