Муҳандислик ва Иқтисодиёт, 2026
TURIZM QISHLOQLARINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI VA INDIKATORLARI TIZIMI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada turizm qishloqlarini shakllantirish mezonlari hamda ularni baholash indikatorlaritizimini ilmiy-uslubiy asosda ishlab chiqish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda turizm qishlog‘i tushunchasiningnazariy asoslari qishloq turizmi, barqaror rivojlanish, hamjamiyatga asoslangan yondashuv vadestinatsiya boshqaruvi konsepsiyalari kesishmasida yoritilgan. Muallif tomonidan turizm qishlog‘ini baholashmezonlari yetti asosiy blokka ajratilib, ular resurs va identiklik, mehmondo‘stlik va qiymat zanjiri, infratuzilma,ijtimoiy ta’sir, barqarorlik, boshqaruv hamda raqamli reputatsiya kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shuningdek,maqolada indikatorlar tizimini shakllantirishda rasmiy statistika, ekspert bahosi va raqamli ma’lumotlarni integratsiyalashzarurligi asoslab berilgan. Indikatorlar bazaviy va diagnostik guruhlarga ajratilib, hududlarningminimal tayyorgarligi va rivojlanish sifati bosqichma-bosqich baholanishi taklif etilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.19918295
- Журнал · Journal Муҳандислик ва Иқтисодиёт
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0