Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

O'PKA ABSSESSI

Jasur Saidov, Moxigul Xolliyeva, Feruza Ne'matova, Madina Asadova

Klinik fanlar kafedrasi mudiri
Klinik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi talabasi

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada o‘pka abssessi — o‘pka to‘qimasining yiringli nekrozi bilan kechuvchi og‘ir patologik jarayon sifatida o‘rganiladi. Kasallikning etiologik omillari, jumladan, bakterial infeksiya (ko‘pincha anaerob mikroorganizmlar), aspiratsiya, bronxial o‘tkazuvchanlik buzilishlari va immun tizim holati tahlil qilinadi. Shuningdek, klinik belgilari (isitma, yo‘tal, yiringli balg‘am ajralishi), diagnostika usullari (rentgenologik tekshiruv, KT, laborator analizlar) hamda zamonaviy davolash yondashuvlari (antibakterial terapiya, drenaj usullari) ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘pka abssessini erta aniqlash va samarali davolash muhimligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details