Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

MOYAK SARATONIDA SERTOLI HUJAYRALARIDA KUZATILADIGAN MORFOFUNKSIONAL ÒZGARISHLAR

Zebo Xudoyqulova, Jasur Saidov, Nargiza Jurabekova, Xilola Djumayeva, Bernur Eshmuxammedova, Shahzoda Normurodova

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti Tibbiy klinik fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqot moyak saratoni rivojlanishi jarayonida Sertoli hujayralarida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Sertoli hujayralari spermatogenez jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi va moyakning mikromuhitini tartibga soluvchi muhim komponent hisoblanadi. Ularning tuzilishi va funksional holatidagi o‘zgarishlar erkak reproduktiv tizimining buzilishiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir. Tadqiqot davomida moyak to‘qimalarining gistologik va morfometrik tahlili asosida Sertoli hujayralarining strukturaviy reorganizatsiyasi, yadro va sitoplazma nisbatining o‘zgarishi, hujayraaro aloqalarning buzilishi hamda sekretor faoliyatdagi siljishlar aniqlandi. Shuningdek, o‘sma jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda Sertoli hujayralarida degenerativ va proliferativ jarayonlarning birgalikda kechishi kuzatildi. Olingan natijalar Sertoli hujayralarining moyak saratonidagi roli faqat qo‘llab-quvvatlovchi emas, balki patogenetik jarayonlarda faol ishtirok etuvchi element ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari moyak saratoni patogenezini chuqurroq tushunish va yangi diagnostik hamda terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details