Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

TURLI YOSH GURUHIDAGI BOLALARDA NAFAS OLISH TEZLIGINI BAHOLASH VA UNING KLINIK AHAMIYATI

Zebo Xudoyqulova, Jasur Saidov, Dilnoza Abdukarimova, Zohid Buriyev, Jasmina Bahodirova, Dilrabo Eshqobilova

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti Tibbiy klinik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti talabasi

Аннотация · Abstract

Maqsad: Turli yosh guruhidagi bolalarda nafas olish tezligi (NOT) me'yoriy ko'rsatkichlarini aniqlash va uning klinik ahamiyatini baholash. Metodlar: 2022–2023-yillarda 450 nafar sog'lom bola tekshirildi (0–14 yosh, 5 yosh guruhi). NOT 1 daqiqa davomida ko'krak qafasini kuzatib o'lchandi. Natijalar: Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda nafas olish tezligi o'rtacha 46±4,2/daqiqa, 1–12 oylikda 38±3,8/daqiqa, 1–3 yoshda 30±3,1/daqiqa, 4–7 yoshda 24±2,6/daqiqa, 8–14 yoshda 20±2,2/daqiqa tashkil etdi. Yoshning ortishi bilan nafas olish tezligi statistik jihatdan sezilarli darajada kamaydi (p<0,001). Xulosa: Yosh me'yorlariga asoslangan nafas olish tezligini baholash bolalar kasalliklarini erta diagnostika qilishda muhim ahamiyatga ega.

Сведения · Details