Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

YURAK FAOLIYATINING NERV VA GUMORAL REGULYATSIYASI

Inoyatillo Xolmurodov, Baxtiyor Abrayev, Jahongir Baxtiyor, Hoshim Sattorov

Аннотация · Abstract

Maqolada inson yurak faoliyatining nerv va gümoral mexanizmlar orqali boshqarilishi tahlil qilinadi. Yurak ritmi va qon aylanishining barqarorligini ta’minlashda markaziy va periferik nerv tizimi, shuningdek, gormonlar muhim rol o‘ynaydi. Nerv regulyatsiyasi simpatik va parasimpatik ta’sir orqali yurak tezligi va kuchini boshqaradi, gümoral regulyatsiya esa adrenalin, noradrenalin, tiroksin va boshqa gormonlar yordamida yurak faoliyatini modulyatsiya qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nerv va gümoral boshqaruv mexanizmlari o‘rtasidagi uzviy integratsiya yurakning adaptiv va funktsional barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ushbu mexanizmlarning buzilishi kardiologik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi

Сведения · Details