Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

STRESSGA ORGANIZMNING FIZIOLOGIK JAVOBI (HPA O'QI)

Inoyatillo Xolmurodov, Baxtiyor Abrayev, Jahongir Norqulov, Hoshim Sattorov

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada stress holatlarida inson organizmida yuzaga keladigan fiziologik jarayonlar, ayniqsa gipotalamus–gipofiz–buyrak usti bezi o‘qi (HPA o‘qi) faoliyatining mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Stress tashqi yoki ichki omillarning organizm muvozanatiga ta’siri natijasida yuzaga keladigan murakkab biologik javob reaksiyasi hisoblanadi. Tadqiqotda HPA o‘qining faollashuvi natijasida gormonlar sekretsiyasi, xususan kortizol ajralishi, nerv va endokrin tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda organizmning moslashuv jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, uzoq davom etuvchi stressning immun tizim, yurak-qon tomir faoliyati hamda metabolik jarayonlarga salbiy ta’siri ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Maqola stress fiziologiyasini tushunish orqali psixosomatik kasalliklarning oldini olish va sog‘lom adaptatsiya mexanizmlarini shakllantirish muhimligini asoslaydi

Сведения · Details