Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

SURUNKALI KASALLIKLARI BOR BEMORLARDA RESPIRATOR INFEKSIYALARNING KECHISHI

Umidjon Teshaboyev

Central Asian Medical University. Xalqaro Tibbiyot Universiteti. Farg'ona. O'zbekiston

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqot 2020-yil aprel - dekabr oylarida Farg‘ona shahar 2-sonli shifoxonasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib davolangan 1109 nafar bemor klinik ma’lumotlari asosida olib borildi. Tahlilda yosh guruhlari, hamroh kasalliklar, saturatsiya (SpO₂), nafas olish tezligi va laborator ko‘rsatkichlar (CRP, glyukoza, leykotsitlar) baholandi.Natijalarga ko‘ra, bemorlarning 36,7%ida bir yoki bir nechta surunkali somatik kasalliklar aniqlangan bo‘lib, ular orasida arterial gipertoniya (34%), qandli diabet (7%), semizlik va yurak kasalliklari yetakchi o‘rinni egalladi.Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning 60%ida mavjud surunkali kasalliklar COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechish xavfini oshirgan, ayniqsa arterial gipertoniya va qandli diabet bilan og‘riganlarda bu holat yaqqol kuzatilgan

Сведения · Details