Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
XORAZM VILOYATINING LABORATORIYA-DIAGNOSTIKA XIZMATINING SAMARADORLIGI VA SIFATINI BAHOLASH MODELINING ILMIY ASOSLANISHI
Urganch davlat tibbiyot instituti, Harbiy dala terapiyasi, gematologiya va diagnostika kafedrasi assistenti,
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining laboratoriya-diagnostika xizmatining samaradorligi va sifatini baholash modelining ilmiy asoslari taqdim etilgan. Tadqiqot maqsadi inson, moddiy va moliyaviy resurslar, jarayonlar (tashkiliy va standartlar) hamda natijalarni (diagnostika aniqligi va aholiga ta’siri) tahlil qiluvchi modelni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish. Ma’lumotlar manbalari: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon banki va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotlari, shuningdek, mutaxassislar (n=150) va bemorlar (n=300) so‘rovlari. Natijalar: qishloq hududlarida kadr yetishmovchiligi (65%), moliyalashtirishda hududiy nomutanosiblik, xizmatlar mavjudligining oshishi (unmet needs 30% dan 27% gacha, 2020–2025). Model raqamlashtirish va ISO 15189 akkreditatsiyasi orqali samaradorlikni 25–30% oshirish imkoniyatini ko‘rsatadi. Xulosa: model hududiy laboratoriya xizmatlarini optimallashtirish va 2030 yilgi sog‘liqni saqlash barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda amaliy tavsiyalar beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.18660958
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0