Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026

TRIGEMINUS NERV TOPOGRAFIYASI VA YUZ SOHASIDAGI OG'RIQLI SINDROMLAR BILAN BOG'LIQLIGI

Soatmurod Boyqobilov, Aziza Normurodova

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi 24-13 guruh talabasi

Аннотация · Abstract

Ushbu ishda trigeminus nervning anatomik-topografik tuzilishi va uning yuz sohasidagi og‘riqli sindromlar trigeminus nevralgiyasi hamda postgerpetik og‘riq bilan klinik bog‘liqligi yoritilgan. Trigeminus nervning uch asosiy shoxi (n. ophthalmicus, n. maxillaris, n. mandibularis)ning innervatsiya hududlari va ularning shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘riq sindromlarining patogenetik mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, yuz sohasidagi og‘riqlarning differensial diagnostikasida trigeminus nerv topografiyasining ahamiyati, og‘riq tarqalishining anatomik asoslari hamda klinik belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan.Tadqiqot natijalari trigeminus nerv zararlanishi bilan bog‘liq og‘riqli holatlarni erta aniqlash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details