Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025

YOSHGA QARAB UMURTQA POG'ONASI EGRILIKLARINING O'ZGARISHI VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI

Soatmurod Boyqobilov, Zilola Abdullayeva

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti davolash ishi yo'nalishi 1 – kurs talabasi

Аннотация · Abstract

Umurtqa pog‘onasining fiziologik egriliklari (bo‘yin va bel lordozi, ko‘krak kifoz, sakral kifoz) inson hayoti davomida statik-dinamik yuklama, mushak-skelet tizimi va disklarning involyutsion o‘zgarishlari ta’sirida qayta shakllanadi. Yosh o‘tishi bilan ko‘krak kifozining ortishi va bel lordozining tekislanishi ko‘p markazli tadqiqotlarda ko‘rsatilib, bu holat og‘riq sindromi, muvozanat buzilishi, yiqilish, nafas va yurak-qon tomir tizimi yetishmovchiligi, hayot sifatining pasayishi bilan bog‘langan

Сведения · Details