Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025
MАGNIY YETISHMOVCHILIGIDА OQ KALAMUSHLAR TIMUSINING QIYOSIY MORFOFUNKTSIONАL XUSUSIYATLАRI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi
Аннотация · Abstract
Maqolada alimentar magniy yetishmovchiligida oq kalamushlar timusining morfofunktsional holatini yosh davrlariga bog'liq holda o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda oq zotsiz kalamushlar timusi to'qimalarining gistologik tuzilishi, hujayraviy tarkibi hamda immunogistokimyoviy ko'rsatkichlari qiyoiy tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, alimentar magniy yetishmovchiligida ushbu a'zoda parenxima-stroma muvozanatining buzilishi, limfoid to'qima morfometrik ko'rsatkichlari, limfoid hujayralar soni va immunogistokimyoviy markyorlar ekspressiya darajasining kamayishi aniqlandi. Bu o'zgarishlar immun javobning pasayishi va organizmning himoya qobiliyatining susayishi bilan namoyon bo'ldi. Olingan natijalar magniyning immun tizim gomeostazini saqlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi hamda alimentar disbalansning limfoid a'zolarga ta'sir mexanizmlarini ochib beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.17833285
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0