Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025

KLIMAKTERIK SINDROMI BOR AYOLLARNI UZOQ MUDDAT O'RIN BOSUVCHI GORMON TERAPIYASI BILAN DAVOLASH SAMARADORLIGI VA XAVFSIZLIGINI BAHOLASH

Maxliyo Alimova, Gulnara Matrizayeva, Xolidajon Ikramova

Urganch davlat tibbiyot instituti Akusherlik va ginekologiya, onkologiya kafedrasi assistenti
Akusherlik va ginekologiya, onkologiya kafedrasi mudiri. DSc, dotsent
Akusherlik va ginekologiya, onkologiya kafedrasi PhD

Аннотация · Abstract

Tadqiqot klimakterik sindromli ayollarda uzoq muddatli o‘rin bosuvchi gormonal terapiya (O‘GT) samaradorligi va xavfsizligini baholashga b ag‘ishlangan. Tahlil klimaksning klinik ko‘rinishlarini o‘z ichiga oldi: vazomotor buzilishlar, uyqu buzilishlari, hissiy va urogenital alomatlar. O‘GTning turli sxemalari va ularning bemorlar hayot sifatiga, simptomlar dinamikasi va biokimyoviy ko‘rsatkichlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Terapiyaning xavfsizligi, jumladan tromboembolik asoratlar xavfi, yurak-qon tomir tizimi, sut bezlari va endometriyga ta’siriga alohida e’tibor qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri tanlangan uzoq muddatli O‘GT alomatlarning sezilarli darajada pasayishiga, ayollarning umumiy holati va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, shu bilan birga nojo‘ya ta’sirlar chastotasi pastligicha qoladi. Xulosalar xavflarni kamaytirish va optimal terapevtik ta’sirga erishish uchun terapiyani individual tanlash va muntazam tibbiy nazorat zarurligini ta’kidlaydi.

Сведения · Details