Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2025, т. 1, № 2

POSTKOVID BEMORLARDA KAVERNOZ SINUS TROMBOZINING INSULT RIVOJLANISHIDAGI ROLI

Boymuradov Sh.A., Kurbonov Yo. X., Hayitmurodov D. E., Shakirov A.A.

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada postkovid bemorlarda kavernoz sinus trombozining ishemik insult rivojlanishidagi roli tahlilqilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda qon ivish tizimining buzilishi, endotelialdisfunktsiya va giperviskozlik holatlari kuzatilib, bu miya qon aylanishi tizimida tromboz shakllanishini kuchaytiradi. Boshmiya arteriyalari va venoz sinuslarida qon oqimining to‘xtashi neyronlarning gipoksiyasi, ishemik shikastlanish va insultgaolib keladi. Tadqiqot 2020–2024 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida olib borilib, 204nafar bemor misolida laborator va instrumental ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. D-dimer, fibrinogen, CRP, ferritin va leykotsitlardarajasi keskin oshganligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari trombozning postkovid holatlarda ishemik insult patogenezidagimuhim o‘rni borligini isbotlaydi. Maqolada tromboz va insult rivojlanish mexanizmlari, xavf omillari, profilaktika hamdadavolash yondashuvlari ilmiy asosda yoritilgan.

Сведения · Details