Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025
QALQONSIMON BEZ O'CHOQLI O'ZGARISHLARI DIAGNOSTIKASI-DA ZAMONAVIY NOINVAZIV USULLARNING ROLI
Urganch Davlat tibbiyot instituti XDT, gematologiya va diagnostika kafedrasi magistri
Urganch Davlat tibbiyot instituti XDT, gematologiya va diagnostika kafedrasi, PhD,
Urganch Davlat tibbiyot instituti XDT, gematologiya va diagnostika kafedrasi assistenti
Urganch Davlat tibbiyot instituti Klinik anatomiya va gistologiya kafedrasi v/b dotsent, PhD
Аннотация · Abstract
Noinvaziv usullar bu bemorning organizmiga jarrohlik aralashuvisiz, to‘qimalarni shikastlamasdan o‘tkaziladigan tekshiruvlar bo‘lib, ular og‘riqsiz, xavfsiz va ko‘p hollarda tezkor natija beradi. Texnologik taraqqiyot, tibbiy asbob-uskunalarning takomillashuvi va bemorlar salomatligiga nisbatan ehtiyotkor yondashuv tufayli bu usullar diagnostika amaliyotida tobora keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda ultratovush, magnit-rezonans tomografiyasi, kompyuter tomografiyasi, elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, rentgen, funktsional tekshiruvlar va turli biokimyoviy laborator tahlillar asosiy noinvaziv metodlar hisoblanadi. Ular yordamida ichki organlar tuzilishi, faoliyati, qon aylanishi, modda almashinuvi, gormonal holat va genetik xususiyatlar haqida aniq ma’lumotlar olinadi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.17444406
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0