Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025

TIZIMLI SKLERODERMIYADA O'PKA ZARARLANISHINING KLINIK-IMMUNOLOGIK JIHATLARI

Sanjarbek Zaripov, Nargiza Abduraxmanova

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, assistent.
DSc. Dotsent, Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, dotsent

Аннотация · Abstract

Tizimli sklerodermiya (TSD) — surunkali, progressiv kechuvchi autoimmun kasallik bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalarda fibroz jarayonlar, kichik tomirlar endoteliyasining zararlanishi va keng qamrovli immun buzilishlar bilan tavsiflanadi. Kasallikning tarqalishi umumiy populyatsiyada 100 ming aholiga 7–25 ta holatni tashkil etadi. Ayniqsa, interstitsial o‘pka kasalligi va o‘pka gipertenziyasi kabi asoratlar bemorlarning erta nogironlikka chiqishiga va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga olib keluvchi yetakchi omillardan biridir. Ushbu kasallikning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati ham katta bo‘lib, nogironlikning erta rivojlanishi, uzoq muddatli davolanish zarurati hamda sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan katta moliyaviy yuk tufayli dolzarb muammo sifatida ko‘riladi. Shuning uchun tizimli sklerodermiyada o‘pka zararlanishining klinik va immunologik xususiyatlarini o‘rganish, erta tashxis va samarali davolash usullarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details