Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025
SOG'LIQNI SAQLASH MENEJMENTI YO'NALISHI KADRLARINI O'QITISHDA TIBBIY TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR.
"Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlash menejmenti" kafedrasi assistenti Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, Uzbekiston
Аннотация · Abstract
Sog‘liqni saqlash menejmenti yo’nalishi kadrlarini tayyorlash, zamonaviy jamiyatning sog’lig’ini ta'minlash va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ilmiy maqola sog‘liqni saqlash menejmenti (SSM) yo‘nalishi kadrlarini tayyorlash jarayonida tibbiy texnika va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik tendensiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada Sog‘liqni saqlash tizimlariga Sun‘iy intellekt (AI), Telemeditsina va elektron sog‘liqni saqlash yozuvlari (EHR)ning joriy etilishi menejment kadrlarining texnologik kompetensiyasini oshirishni taqozo etishi asoslanadi.Tadqiqotda o‘qitish metodikasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida IT/TT savodxonligini shakllantirish, qimmatbaho texnik investitsiyalarning hayot siklini boshqarish va innovatsion texnologiyalarni strategik tatbiq etish prinsiplari ajratib ko‘rsatiladi. Maqola, ta’lim dasturlariga simulyatsiyalar, keys tahlili va amaliy loyihalarni kiritish orqali bo‘lajak menejerlarni texnologik xavfsizlik va qiymatga asoslangan qarorlar qabul qilishga tayyorlash zarurligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.17439162
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0