Central Asian Research Index

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2025

LOR A'ZOLARI JAROHATLARINI SUD-TIBBIY BAHOLASHDA STANDARTLASHTIRILGAN YONDASHUVLAR: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Abdumalikov I.M

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, O'zbekiston

Аннотация · Abstract

LOR a’zolari shikastlanishlari umumiy travmatizm tuzilmasida muhim o‘rin egallaydi va ularning sud-tibbiy baholashida standartlashtirilgan yondashuvni talab qiladi. Mazkur maqolada burun, halqum, hiqildoq va quloq sohalariga oid jarohatlarda sog‘liq uchun yetkazilgan zararning bahosi bo‘yicha zamonaviy usullar yoritilgan. Morfologik va funksional ko‘rsatkichlarga asoslangan integratsiyalashgan diagnostik mezonlar taklif etilgan. Amaldagi baholash me’yorlari tanqidiy tahlil qilinib, ekspert amaliyotini unifikatsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib berilgan

Сведения · Details