Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2025, т. 1, № 1

Burun-yonoq-orbital kompleksi jarohatlarini innovatsion davolash natijalari

Shuhrat Boymurodov, Shoxrux Yusupov, Komiljon Iminov, Abduraxmon Shuxratov

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqot burun-yonoq-orbital kompleksi (BYOK) sinishlarini davolashda qo‘llanilayotgan yangi ko‘pkomponentli protokolning klinik samaradorligini baholashga qaratilgan. Mazkur protokol 3D-printerda tayyorlangan sun’iysuyak implantlari, trombotsitlarga boy fibrin (TBF) membranalari, miniinvaziv jarrohlik usullari va to‘qimalar elastikliginiobyektiv baholovchi elastografiya texnologiyasini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga 2014–2024-yillar oralig‘ida uchta tibbiyotmuassasasida BYOK sinishi tashxisi qo‘yilgan, yoshi 18 dan 65 gacha bo‘lgan 197 nafar bemor jalb qilindi. Kiritishmezonlariga Karnovskiy indeksi ≥70%, og‘ir yondosh kasalliklarning yo‘qligi va bemorning yozma roziligi kiritildi.Barcha bemorlarda sinish xususiyatlarini aniqlash uchun multispiral kompyuter tomografiya (MSKT) va 3D-rekonstruksiyabajarildi. Elastografiya esa operatsiyadan oldin, operatsiyadan so‘ng va tiklanish jarayonida sinish joyidagi to‘qimalarningelastikligini vizualizatsiya va baholash uchun qo‘llandi. Barcha bemorlarga ko‘rish qobiliyatini tiklash, burun orqali nafasolishni yaxshilash va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan reabilitatsiya dasturi amalga oshirildi.Tadqiqot guruhida 3D-printerda tayyorlangan sun’iy suyak, TBF membralari va miniinvaziv fiksatsiyadan foydalanishorqali asoratlar darajasi nazorat guruhidagi 16,8 foizdan 8,8 foizgacha kamaydi (p<0,05). Elastografik baholashlartransplantatlarning yaxshiroq elastikligi va integratsiyasini ko‘rsatdi. Shifoxonada qolish muddati taxminan 2–3 kungaqisqardi, funksional tiklanish ko‘rsatkichlari esa sezilarli darajada yaxshilandi. 6 oylik kuzatuvda hayot sifati (SF-36)yuqoriroq, og‘riq darajasi (VAS) esa pastroq bo‘ldi (p<0,05). Tadqiqot yakunlari ko‘p komponentli, individuallashtirilganyondashuv asosidagi ushbu zamonaviy protokol BYOK sinishlarini davolashda samaradorligini isbotladi va yuz-jag‘rekonstruksiyasi sohasida ilg‘or texnologiyalarni kengroq joriy etish zarurligini ko‘rsatdi.

Сведения · Details

Профили авторов · Author profiles