Central Asian Research Index

Central Asian Journal of STEM, 2025

BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISH SURʼATLARINI TAʼMINLASHDA YASHIL IQTISODIYOT KONSEPSIYASINING OʻRNI

Akmal Allakuliyev, Sirojiddin Saloxov

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar departamenti

Аннотация · Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining barqaror iqtisodiy rivojlanish surʼatlarini taʼminlashdagi oʻrni tahlil qilingan. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy oʻsishni ekologik xavfsizlik, resurslardan oqilona foydalanish va ijtimoiy adolat tamoyillari asosida shakllantirishga qaratilgan yondashuvdir. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasining asosiy yoʻnalishlari, bu boradagi davlat siyosati, xalqaro hamkorlik va moliyalashtirish mexanizmlari chuqur oʻrganilgan. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik toza texnologiyalar va yashil byudjetlashtirish jarayonlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyotni joriy etish orqali barqaror rivojlanishga erishish imkoniyatlarini ochib beradi hamda mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: “yashil” iqtisodiyot, “yashil” byudjet, “yashil” kreditlar, investitsiya, barqarorlik, kapital, ekologiya, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya, iqlim oʻzgarishi, yashil moliyalashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil texnologiyalar, yashil byudjetlashtirish.

Сведения · Details