Al-Farg'oniy avlodlari, 2024
BAHOLASH NAZARIYASI USULI ASOSIDA AVTOMATIK TIZIMLARNI DIAGNOSTIKALASH ALGORITMLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada tashqi buzilishlar mavjud bo‘lganda texnologik jarayonlarning holatini aniqlash masalasi oddiy chiziqli differensial tenglamalar yoki uzatish funksiyalari yordamida o‘rganilgan. Ushbu turdagi matematik modellarga imkon beradigan texnik obyektlar va tizimlar sinfi juda keng va turli xil tizimlarni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv elementlari, monitorlar, o‘lchash datchiklari, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatish tizimlari, konsentrlangan va taqsimlangan parametrlarga ega tizimlar, mexanik, gidravlik, elektr, elektron qurilmalar va boshqalardir. Taklif etilayotgan algoritmlar ishlab chiqarishning dinamik boshqaruv tizimlarida quyi tizimlarni diagnostika qilish, shuningdek Kalman tipidagi filtrni yangilash ketma-ketligi yordamida dinamik tizimlardagi muammolarni aniqlash va diagnostika qilish uchun taklif etiladi. Shu munosabat bilan dinamik tizimlarni diagnostika qilish va optimallashtirish algoritmlarini va ularning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish tahlil qilinadi.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.10867091
- Журнал · Journal Al-Farg'oniy avlodlari
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0