Central Asian Research Index

Al-Farg'oniy avlodlari, 2023

SUN'IY YO'LDOSHDAN OLINGAN TASVIRDAGI DALA MAYDONI CHEGARALARINI ANIQLASH USULLARI

Narzullo Mamatov, Malika Jalelova, Shaxzoda Tojiboyeva, Boymirzo Samijonov

"Toshkent irrrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti, kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, professor
"Toshkent irrrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti, assistent
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
Sejong Universiteti, talaba

Аннотация · Abstract

So'ngi yillarda sun'iy yo'ldosh tasvirlaridan qishloq xo'jaligiga oid qimmatli ma'lumotlarni tez o'zlashtirilishi kuzatilmoqda. Biroq, bu tasvirlarni qo'lda tahlil qilish ko'p vaqt va energiya talab qiladi. Tasvirni qayta ishlashni avtomatlashtirishda, ayniqsa aniq segmentasiya va tanib olishda obyekt konturlarini to'g'ri ajratish o'ta muhim hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishi tasvir obyekt konturlarini aniqlash usullari qiyosiy tahliliga bag'ishlangan bo'lib, unda eng samarali usulni aniqlash uchun pikselli taqqoslash orqali baholash amalga oshirilgan va tasvir sifat ko'rsatkichi asosida yangi yondashuv taklif etilgan. Ushbu yondashuv asosida sun'iy yo'ldoshdan olingan tasvirlardagi obyekt konturlarni ajratishda foydalanilgan.

Сведения · Details