Central AsianResearch Index

Nemis paremalarida nikoh konseptining ijtimoiy va madaniy qadriyat sifatida ifodalanishi

Mazkur maqolada nemis xalq maqollarida nikoh va er-xotin munosabatlarining ifodalanishi lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda nikoh mavzusidagi paremiologik birliklarning semantik xususiyatlari, ularning madaniy va ijtimoiy mazmuni hamda kommunikativ vazifalari o‘rganiladi. Nemis maqollarida nikohning ilohiy taqdir sifatida talqin qilinishi, turmush qurishda ehtiyotkorlik, shoshilmaslik hamda monogamiya tamoyillari kabi g‘oyalar aks etishi aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida paremiologik, lingvokulturologik, lingvopragmatik va semantik-tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, nikoh mavzusidagi maqollar nemis xalqining oilaviy qadriyatlari, gender rollari va ijtimoiy tasavvurlarini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklar hisoblanadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3/S, С. 66-70
Язык
Узбекский
ISSN
2181-3701
Издатель
inScience LLC