Romantizm va demonologiya: feya obrazi evolyutsiyasi
Romantizm ingliz demonologik adabiyotida yangi davrni boshlab berdi, feya (pari), elf, uy jini kabi obrazlar Ovro‘po fentezi yo‘sinidagi romanlarning dominant mifologik qahramonlari darajasi qadar yuksaldi. Bosh qahramonlar hayotida faol ishtirok etuvchi, magik qudratlari bilan kishilar faoliyatiga taʼsir o‘tkazuvchi, hiyla-nayrang ustasi, antagonist, gohida esa qahramon ko‘makchisi, sodiq do‘sti sifatlarini o‘zida namoyon qiluvchi feyalar usta adiblar ijodlariga, darhaqiqat, ilhom parisi kabi taʼsir ko‘rsatdilar va yangicha badiiy talqinlarda evrilishga yuz tutdilar.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 6, С. 205-210
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-3701
- Издатель
- inScience LLC