2- turdagi qandli diabetda turgemorragik insultning klinik va biokimyoviy oʻziga xosligi
2-turdagi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gemorragik insult kechishining klinik-biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish hamda yallig‘lanish va tomir devori shikastlanishining biomarkerlari — matriks metalloproteinaza-9 (MMP-9) va sistatin Cning prognostik ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqotga bemorlar ikki guruhga ajratilgan holda kiritildi: birinchi guruh — o‘tkir miya qon aylanishi buzilishisiz 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar; ikkinchi guruh — 2-tur qandli diabet fonida rivojlangan gemorragik insultga ega bemorlar. Klinik holatni baholash umumqabul qilingan nevrologik shkalalar yordamida amalga oshirildi, biokimyoviy ko‘rsatkichlar esa qon zardobida standart laboratoriya usullari orqali aniqlanildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, 2-tur qandli diabet fonida gemorragik insult kuzatilgan bemorlarda MMP-9 va sistatin C darajalari faqat 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori bo‘lgan. Aniqlangan o‘zgarishlar gemorragik insult rivojlanishida yallig‘lanish jarayonlari, endotelial disfunktsiya va tomir devori shikastlanishining yaqqol namoyon bo‘lishini aks ettiradi. Shuningdek, MMP-9 va sistatin C darajalarining oshishi 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda gemorragik insult kechishining og‘irligini baholashda qo‘shimcha diagnostik va prognostik mezon sifatida xizmat qilishi mumkinligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar kasallikni erta diagnostika qilish va klinik natijani prognozlash usullarini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 2, С. 111-122
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-3663
- Издатель
- inScience LLC