Erta yoshdagi bolalarda yurak yetishmovchiligining asosiy sabablarini aniqlash usullari
Erta yoshdagi bolalarda yurak yetishmovchiligi pediatriya va bolalar kardiologiyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu holat ko‘pincha tug‘ma yurak nuqsonlari, miokardning yallig‘lanish kasalliklari, metabolik va endokrin buzilishlar fonida rivojlanadi. Maqolada yurak yetishmovchiligining asosiy etiologik omillari, ularning patofiziologik mexanizmlari hamda zamonaviy diagnostika usullari tahlil qilingan. Klinik baholash, instrumental (EKG, ehokardiografiya), laborator va rentgenologik tekshiruvlarning ahamiyati yoritilgan. Yurak yetishmovchiligini erta aniqlash va sababini to‘g‘ri belgilash bolalarda asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 1, С. 271-275
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-3663
- Издатель
- inScience LLC