O‘tkir leykozlarning umumiy tasnifi va patogeneziga zamonaviy yondashuvlar
Ushbu tezisda o‘tkir leykozlarning zamonaviy tasnifi va patogeneziga doir asosiy ilmiy yondashuvlar yoritiladi. O‘tkir limfoblast (OLL) va o‘tkir mieloblast (OML) leykozlarning tasnifi immunofenotip, sitogenetik va molekulyar markerlarga asoslanadi. Patogenez gematopoetik hujayralardagi genetik mutatsiyalar, xromosomal translokatsiyalar va epigenetik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, leykemik klonlar shakllanishiga olib keladi. Zamonaviy molekulyar diagnostika, jumladan NGS usullari, o‘tkir leykozlarni aniq tashxislash va prognoz baholashda muhim ahamiyatga ega.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 5, № 1, С. 240-243
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-3663
- Издатель
- inScience LLC