Central AsianResearch Index

Bo‘lajak shifokorlarda klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zarurati

Mazkur maqolada bo‘lajak shifokorlarda klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zarurati hamda ushbu jarayonni takomillashtirishning didaktik omillari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy tibbiyot amaliyotida shifokorlarning diagnostik tahlil qilish, klinik vaziyatlarni baholash va asoslangan klinik qaror qabul qilish qobiliyatiga bo‘lgan talab ortib borayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’lim jarayonida talabalarning klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik zaruratini aniqlash hamda ushbu jarayonni samarali tashkil etishning metodik mexanizmlarini asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatish, anketa va so‘rovnoma usullari, pedagogik eksperiment hamda statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari talabalarda klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muammoli o‘qitish, klinik vaziyatlarga asoslangan ta’lim hamda simulyatsion treninglar samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish talabalarning diagnostik fikrlash va klinik qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim jarayonida klinik fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik metodlarni keng joriy etish bo‘lajak shifokorlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 7, № 3/S, С. 120-126
Язык
Узбекский
ISSN
2181-1415
Издатель
inScience LLC