O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari tizimida diniy tashkilotlar huquqiy maqomining o‘ziga xos jihatlari
Mazkur maqolada davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi, vijdon erkinligi hamda dinning jamiyat hayotidagi o‘rni keng tahlil qilingan. Muallif diniy me’yorlarning huquqiy tizimga ta’siri, jamiyatda diniy qadriyatlarning axloqiy va ma’naviy rivojlanishdagi o‘rni haqida so‘z yuritib, mustaqillik yillarida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan islohotlarni ko‘rsatadi. Xususan, 1991- yildan boshlab diniy erkinlikni kafolatlovchi qonunchilik bazasi yaratildi, 1998 va 2021- yillardagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlar mazkur jarayonning muhim bosqichlari sifatida baholangan. Shuningdek, maqolada BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi, Prezident farmonlari hamda milliy konstitutsiyaviy islohotlar kontekstida diniy tashkilotlar faoliyatini erkinlashtirish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy rolini kuchaytirish masalalari yoritiladi. Muallif xorijiy tajribaga murojaat qilib, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlar konstitutsiyalarida dunyoviylik prinsipi qanday mustahkamlanganini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, diniy tashkilotlarning fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi huquqiy maqomi, ularning davlat bilan o‘zaro aloqalari hamda zamonaviy globallashuv sharoitida diniy erkinlikni kafolatlash mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masala sifatida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, dunyoviylikning mohiyati dahriylik emasligi, balki barcha fuqarolarga vijdon va e’tiqod erkinligini teng kafolatlovchi demokratik tamoyil ekanligi alohida qayd etilgan.
Сведения
- Журнал
- Общество и инновации
- Опубликовано
- 2025 · Т. 6, № 9/S, С. 67-77
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-1415
- Издатель
- inScience LLC