Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsdan tashqari to‘garaklarni tashkil etishning samarali mexanizmlari
Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsdan tashqari to‘garaklarni tashkil etishning pedagogik va tashkiliy mexanizmlari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarda shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirish, ijtimoiy faollikni shakllantirish va sog‘lom hayot tarziga asos bo‘ladigan odatlarni singdirish muhim davr hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, xususan, to‘garaklar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini aniqlash va rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini boyitishning samarali vositasi sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada to‘garaklarni tashkil etishning bosqichlari ehtiyoj va qiziqishlarni aniqlash, to‘garaklarni rejalashtirish, ularni amalda tashkil etish, monitoring qilish va samaradorligini baholash kabi jihatlar tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Amaliy jihatdan asoslangan mexanizm orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning shaxsiy rivojiga xizmat qilishi va ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga hissa qo‘shishi ta’kidlanadi. Mazkur ish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, sinf rahbarlari, maktab rahbariyati hamda ota-onalar uchun amaliy va ilmiy-metodik tavsiyalarni taklif qiladi. Taqdim etilgan mexanizm umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsdan tashqari faoliyatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Сведения
- Журнал
- Общество и инновации
- Опубликовано
- 2025 · Т. 6, № 5, С. 314-319
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-1415
- Издатель
- inScience LLC