Psixologik konsultatsiya o‘tkazishning mazmun-mohiyati va uning samaradorligini oshirish yo‘llari
Ushbu maqolada psixologik konsultatsiyaning mazmuni, bosqichlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Konsultantning axloqiy qoidalari – maxfiylikni saqlash, hurmat, zarar yetkazmaslik, professional kompetensiya, mas’uliyat va neytrallik tamoyillari asosida tahlil qilinadi. R. Yo‘ldoshev va H. Yo‘ldoshevaning ilmiy qarashlari asosida psixologik maslahatning pedagogik jarayon va oila bilan hamkorlikdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontyev va S.L. Rubinshteynlarning shaxs rivojlanishi, muloqot va ijtimoiy muhitning ahamiyati haqidagi nazariy qarashlari konsultativ psixologiya kontekstida tahlil qilinadi. Maqolada konsultativ psixologiyaning nazariy hamda amaliy jihatlari, bolalar va kattalar bilan ishlashdagi xususiyatlari ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.
Сведения
- Журнал
- Общество и инновации
- Опубликовано
- 2025 · Т. 6, № 5, С. 136-140
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-1415
- Издатель
- inScience LLC