Central AsianResearch Index

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida nutq o‘stirishning ahamiyati

Bizga ma’lumki hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvida, ma’nan kamol topishida, kelajagi buyuk jamiyatda o‘z o‘rnini egallashida hamda o‘z hissiyotlarini ifodalashda nutqning ahamiyati benihoyat kattadir. Bilamizki, bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat inson muloqotining eng muhim vositasi bo‘lgan til orqaligina berish mumkin. Bu sifatlarni bolalarda mujassam bo‘lishi uchun talab qilinadigan muhim jihat bu kattalarning e’tibori, mehnati hamda yosh avlodni tarbiyalash, unga sidqidildan ta’lim-tarbiya berishdir. Bolalarning nutqini o‘stirish metodikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab olib borilsa maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga nutq madaniyatini shakllantirishdan avval ularga insonning insonligini taʼminlaydigan eng abadiy qadriyat bo‘lgan tarbiya beramiz, ularda bilim va malakalar hosil qilamiz va shu asnoda ko‘zlangan maqsadga erishamiz.

Сведения

Опубликовано
2024 · Т. 5, № 2/S, С. 247-253
Язык
Узбекский
ISSN
2181-1415
Издатель
inScience LLC