Ta’limning samaradorligini ta’minlashda oila va maktab hamkorligining ahamiyati
Maqolada xalqaro baholash tadqiqotlarida oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ijtimoiy-pedagogik jihatlari yoritilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida oila muhiti, oiladagi ta’lim resusrslarining shakllanganligi hamda ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalari hal qiluvchi ahamiyatga ekanligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ijtimoiy-pedagogik jihatlariga keng e‘tibor qaratilgan. Maqolada shuningdek oila va maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi muammolar ham tizimli tahlil qilingan.
Сведения
- Журнал
- Общество и инновации
- Опубликовано
- 2024 · Т. 5, № 2/S, С. 118-124
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-1415
- Издатель
- inScience LLC