Central AsianResearch Index

TUYAQUSH TERI XOMASHYOSIGA ISHLOV BERISHDA YOG‘SIZLANTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada tuyaqush terilariga ishlov berishdagi yog‘sizlantirish jarayoni tadqiqotlarida olingan natijalar keltirilgan. Yog‘sizlantirish jarayonini о‘tkazish natijasida tuyaqush teri tо‘qimasidagi tabiiy yog‘ miqdori 1,2±0,2% gacha kamaytirilib, yog‘sizlantirish jarayonining optimal parametrlari ishlab chiqildi. Tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berishdagi taklif qilingan takomillashgan yog‘sizlantirish jarayonida sirt aktiv modda (SAM) CH-22C ning sarf miqdori 2% va uglevodorod kerosinning sarf miqdori 2% ni tashkil qildi. Bunda tuyaqush tana teri tо‘qimasidagi kollagen tolalarining tuzilishida salbiy о‘zgarishlar yuz bermaganligi va tabiiy yog‘ miqdorining meyorida qolishi aniqlandi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № S/3, С. 43-49
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3702
Издатель
LLC Scienceproblems Team