Central AsianResearch Index

ADAPTIV YORITISH VA DETALLARNI O‘TKIRLASH ASOSIDA KAFT TASVIRLARI SIFATINI OSHIRISH VA ULARNI CNN (DENSENET-121) TARMOG‘I ORQALI TASNIFLASH

Ushbu tadqiqot ishida kaft tasvirini tanib olish tizimlari uchun murakkab ROI qirqish jarayonini talab etmaydigan yangi yaxlit arxitektura taklif etiladi. Kontaktlashtirilmagan kaft tasvirlari sifatini oshirish maqsadida CLAHE va Unsharp Masking algoritmlari integratsiya qilindi. IITD ma’lumotlar bazasida o'tkazilgan tahlillar natijasida axborot entropiyasi o’rtacha 9.6570 ga o‘sdi (EME) va kontrast indeksi (CII) 0.9644 ni tashkil etdi. Boyitilgan tasvirlar o‘zgartirilmagan DenseNet-121 neyron tarmog‘ida tasniflanganda, 98.36% Rank-1 aniqlik hamda 0.4704% Teng xatolik darajasi (EER) qayd etildi. Natijalar taklif etilgan yondashuvning biometrik identifikatsiyada yuqori aniqlik va hisoblash samaradorligini ta’minlashini isbotlaydi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № S/2, С. 4-15
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3702
Издатель
LLC Scienceproblems Team