CHIRCHIQ DARYOSI HAVZASIDA TOSHQIN XAVFINI BAHOLASH: SENTINEL-1 SAR MAʼLUMOTLARI, OTSU SEGMENTATSIYASI VA GIDROLOGIK-GIDRAVLIK MODELLAR INTEGRATSIYASI (WWTP HUDUDLARI MISOLIDA)
Ushbu maqolada Chirchiq daryosi havzasida toshqin xavfini baholash uchun masofadan zondlash va modellashtirish yondashuvlari birlashtiriladi. ESA Sentinel-1 C-band SAR (10 m) maʼlumotlari asosida bahorgi toshqinlarni aniqlashda Google Earth Engine muhitida avtomatlashtirilgan Otsu threshold segmentatsiyasi qoʻllanib, “toshqin suvi” va “quruqlik” sinflari ajratildi. Doimiy suv obyektlari (masalan, Charvoq suv ombori) alohida maskalandi va natijada havza boʻyicha toshqin inundatsiya xaritalari olindi. Keyingi bosqichda toshqinlarning mavsumiy xususiyatlari hamda Toshkent–Gazalkent atrofidagi WWTP rejalashtirilayotgan hududlar uchun lokal risk zonalari tahlil qilindi. Shuningdek, havza sharoitida SWAT, HEC-HMS va HEC-RAS modellarining kalibrlash natijalari va ularning amaliy qoʻllanishi muhokama qilinib, toshqin xavfini boshqarish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7, С. 45-53
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3702
- Издатель
- LLC Scienceproblems Team