TIZIMDA AKTIV VA REAKTIV QUVVATLAR TAQSIMLANISHINI OPTIMALLASH
Mazkur maqolada 0,4 kV kuchlanishli elektr taqsimlash tarmoqlarida aktiv va reaktiv quvvatlarni optimallashtirishning elektr energiyasi yoʻqotishlariga taʼsiri tahlil qilingan. Reaktiv quvvat oqimining ortishi natijasida liniya toklarining koʻpayishi, kuchlanish pasayishi hamda texnik va tijorat yoʻqotishlarining oshish mexanizmi nazariy va hisoblash misollari asosida yoritilgan. Quvvat koeffitsiyentini cosφ = 0,7 dan 0,95 gacha oshirish natijasida liniya toki 26,3 % ga, aktiv quvvat yoʻqotishlari esa 45,7 % ga kamayishi aniqlangan. Shuningdek, reaktiv quvvatni kompensasiyalashning asosiy usullari, jumladan, kondensator batareyalari, avtomatik reaktiv quvvat regulyatorlari, SVC va STATCOM qurilmalarining elektr tarmoqlari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari past kuchlanishli elektr tarmoqlarida energiya yoʻqotishlarini kamaytirish, kuchlanish sifatini yaxshilash va elektr taʼminoti tizimining texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirishda reaktiv quvvatni optimallashtirish muhim omil ekanligini koʻrsatadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7, С. 31-38
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3702
- Издатель
- LLC Scienceproblems Team