Central AsianResearch Index

NATRIY SIAN IONLARINI ION-SELEKTIV ELEKTROD YORDAMIDA ANIQLASH HOLATI VA OʻLCHASH ANIQLIGINI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada natriy sian (NaCN) ionlarini ion-selektiv elektrod (ISE) yordamida aniqlash jarayonining nazariy asoslari, oʻlchash aniqligiga taʼsir etuvchi omillar hamda xatoliklarni kamaytirish usullari tahlil qilingan. Sian ionlarining sanoat, ayniqsa oltin ishlab chiqarish va kimyo texnologiyalarida keng qoʻllanilishi ularni tezkor va yuqori aniqlikda nazorat qilishni talab etadi. Maqolada ISE asosida ishlovchi sensorlarning ishlash prinsipi, Nernst tenglamasi asosidagi matematik modeli hamda interferensiya, pH, harorat va ion kuchi kabi omillarning oʻlchash natijalariga taʼsiri koʻrib chiqilgan. Shuningdek, genetik algoritmlar va noravshan mantiq asosida adaptiv kompensatsiya usullari yordamida oʻlchash aniqligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Taklif etilgan yondashuv real vaqt rejimida ishlash, xatoliklarni kamaytirish va texnologik jarayonlarni samarali boshqarish imkonini beradi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 7, С. 11-16
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3702
Издатель
LLC Scienceproblems Team