QULOQ CHANOG‘IGA ASOSLANGAN SHAXSNI IDENTIFIKATSIYALASH USULI
Quloq shakli va uning xususiyatlari har bir shaxs uchun o‘ziga xos bo‘lib, u yosh o‘zgarishi bilan kam o‘zgaradigan biometrik identifikatsiyalash vositasidir. Ushbu maqolada masshtab, burish va tasvirda nur aks etishga bardoshli quloq chanog‘i asosida shaxsni identifikatsiyalashning ishonchli usuli taklif etilgan. Ishda taklif etilgan usul ikki qismdan iborat bo‘lib, unda turli yo‘nalish va siljishlar hamda Fure almashtirishi bo‘yicha quloq chanog‘i belgilarini aniqlash, shuningdek, model va sinov tasvir orasidagi yaqinlikni takomillashtirilgan Xausdorf masofasi asosida o‘lchash va tanib olish amalga oshirilgan. Ishda taklif etilgan usul EarVN1.0 ma’lumotlar bazasida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, masshtab, burish va tasvirda nur aks etish bilan quloqni tanib olish darajasi o‘rtacha 97%ni tashkil etdi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 5, С. 55-67
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3702
- Издатель
- LLC Scienceproblems Team