LANGAR SUV OMBORIDAN BO‘LADIGAN FILTRATSIYANING GRUNT TO‘G‘ONDAGI DEFORMATSIYA JARAYONIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Langar suv ombori grunt to‘g‘onining filtratsiya rejimi va kuchlanganlik-deformatsiya holatining monitoring natijalari yoritilgan. Tadqiqot van Genuchten va Mualem modellari asosida to‘yinmagan filtratsiya masalasini yechish, chekli elementlar usulida kuchlanish maydonini hisoblash, Bishop usuli hamda PLAXIS 2D dasturidagi φ-c kamaytirish yo‘li bilan barqarorlikni baholashni o‘z ichiga oladi. Suv omborida suv sathi va filtratsiya oqimi barqaror bo‘lganda to‘g‘on normativ talablarga to‘liq javob berishi, to‘g‘onining dinamik ta’sir ostidagi barqarorlik koeffitsiyenti taxminan Kst ≈ 1,15 ÷ 1,25 ni tashkil etib, bu esa normativ cheklovdandan yuqori va inshootning barqarorligi yetarli ekanligi aniqlandi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 10, С. 117-123
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3702
- Издатель
- LLC Scienceproblems Team