BIRGALIKDA CHO‘KTIRISH USULIDA OLINGAN BISMUT VOLFRAMAT ASOSIDAGI Bi₂WO₆/δ-Bi₂O₃ NANOKOMPOZITINING SINTEZI VA FIZIK-KIMYOVIY TAVSIFI
Ushbu ishda bismut(III) nitrat pentagidrat va natriy volframat digidrat eritmalaridan ekvimolyar nisbatda (Bi:W = 1:1) birgalikda cho‘ktirish usulida, keyinchalik 450 °C da kalsinatsiyalash orqali bismut volframat asosidagi nanokompozit olindi. Namuna rentgenofaza tahlili, IQ-spektroskopiya va azotning past haroratli adsorbsiyasi usullari bilan tavsiflandi. Rentgenofaza tahlili natijalariga ko‘ra, nanokompozit rombik Bi₂WO₆ (russellit) va panjara parametri a ≈ 5,60 Å bo‘lgan kubik flyuorit tipidagi δ-Bi₂O₃ asosidagi qattiq eritma fazalaridan iborat. Sherrer tenglamasi bo‘yicha kristallitlar o‘lchami mos ravishda ~16–18 va ~22–24 nm ni tashkil etdi. IQ-spektrda 1000–400 sm⁻¹ sohasida W–O, W–O–W va Bi–O bog‘larining tebranishlariga mos yutilish chiziqlari kuzatildi. Nanokompozitning BET solishtirma sirti 9,42 m²/g, umumiy g‘ovak hajmi 0,0108 sm³/g ni tashkil etdi. Bi ga boy fazalarning hosil bo‘lishi bismut nitratning suvli muhitda gidrolizlanishi bilan izohlandi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 10, С. 72-79
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 3030-3702
- Издатель
- LLC Scienceproblems Team