Central AsianResearch Index

SABZAVOT EKINLARIGA MINERAL O‘G‘IT BERADIGAN MASHINALARNING KONSTRUKSIYASI VA ULARDA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Ushbu maqolada sabzavot ekinlariga mineral o‘g‘it berishda qo‘llaniladigan mashinalarning konstruksion xususiyatlari va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Mineral o‘g‘itlarni aniq me’yorlarda teng taqsimlash qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, turli tipdagi o‘g‘itlash mashinalari – markazdan qochma tarqatuvchi, pnevmatik va kombinatsiyalashgan qurilmalar konstruksiyasi o‘rganilgan hamda ularning afzalliklari va kamchiliklari yoritilgan. Shuningdek, mavjud ilmiy ishlanmalar tahlil qilingan holda, o‘g‘it berish jarayonining texnologik ko‘rsatkichlari, energiya sarfi va agrotexnik talablar bajarilish darajasi baholangan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 6, С. 19-24
Язык
Узбекский
ISSN
3030-3702
Издатель
LLC Scienceproblems Team