Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 267
MEHNAT MIGRATSIYASI MAVZUSINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA IQTISODIY KONTEKSTDA YORITILISHI
Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan
Аннотация · Abstract
Maqolada mehnat migratsiyasi mavzusining iqtisodiy kontekstda ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi hamda uning jamoatchilik ongida iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishdagi o‘rni kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli mamlakatlar media makonida mehnat migratsiyasining iqtisodiy ahamiyati qanday talqin etilayotganini aniqlash hamda ushbu axborot taqdimotining ijtimoiy-iqtisodiy anglashuvga ko‘rsatayotgan taʼsirini baholashdan iborat. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston, Rossiya va Yevropa mamlakatlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materiallar qiyosiy tahlil qilindi. Xususan, pul o‘tkazmalari hajmi, ularning valyuta barqarorligiga taʼsiri, mehnat bozorlaridagi o‘zgarishlar, shuningdek, mehnat migrantlarining investitsiyaviy salohiyatiga oid axborotlarning mazmuni, yoritilish chuqurligi va tahliliy darajasi o‘rganildi. Mazkur masalalarning media diskursida egallagan ustuvor o‘rni aniqlanib, turli axborot makonlaridagi yondashuvlar o‘rtasidagi farqlar ochib berildi. Tadqiqotda miqdoriy va sifat tahlil usullari qo‘llanildi. Jumladan, media kontent tahlili, rasmiy statistik maʼlumotlar hamda xalqaro tashkilotlar — Jahon banki, BMT, XMT va XVJ hisobotlari asosida ommaviy axborot vositalarida taqdim etilgan maʼlumotlar bilan real iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar tahlil qilindi. Bu esa media talqinlarning xolislik darajasi va axborot mazmunining iqtisodiy voqelikka mosligini baholash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy va xorijiy media makonida mehnat migrantlarining iqtisodiy roli turlicha interpretatsiya qilinmoqda. Ayrim hollarda migratsiyaning iqtisodiy foydasi, xususan, pul o‘tkazmalarining makroiqtisodiy ahamiyati va investitsiyaviy imkoniyatlari yetarli darajada ochib berilmayotgani, boshqa hollarda esa iqtisodiy taʼsirning biryoqlama yoritilayotgani aniqlandi. Maqolada ommaviy axborot vositalarida tahliliy yondashuvni kuchaytirish, iqtisodiy statistik maʼlumotlarni vizual va taqqoslovchi formatlarda taqdim etish, shuningdek, mehnat migratsiyasining milliy iqtisodiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasini xolis va ilmiy asoslangan tarzda yorituvchi axborot siyosatini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Ushbu tadqiqot natijalari media tadqiqotlar, iqtisodiy jurnalistika hamda migratsiya siyosati sohalari uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1767726130
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0