Central Asian Research Index

Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 327

RETARDATSIYA USULIDAN FOYDALANISHDA CH.AYTMATOV VA N.NORQOBILOV USLUBIGA XOS UNIVERSALLIK HAMDA O‘ZIGA XOSLIK

Bahor TO‘RАYEVА

Аннотация · Abstract

Maqolada retardatsiya xronotopning ifoda usullaridan biri sifatida tahlil qilingan. Retardatsiya — kulminatsiyaga qarama-qarshi adabiy usul bo‘lib, matnga syujetdan tashqari elementlar: tabiat va interyer tasvirlari, lirik chekinishlar, falsafiy mulohazalar, monologlar, tush tasviri, bir xil epizodlarni kiritish orqali syujet harakatining rivojlanishi sekinlashtiriladi. Adabiyotshunoslikda antiklimax (yun. ἀντί — “qarama-qarshi” va κλῖμαξ — “zinapoya”) termini bilan sinonim ravishda qo‘llaniladi. Retardatsiya odatda ikkinchi darajali personajlar, qistirma epizodning kiritilishi orqali ham yuzaga keladi, syujet voqealarining maromini to‘xtatib qo‘yadi. Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, “Qiyomat”, “Kassandra tamg‘asi” va “Qulayotgan tog‘lar” romani hamda Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda”, “Qoraquyun” romanlari qiyosiy-tipologik, psixologik, tasniflash, sistem-struktur metodlari asosida tahlil qilingan. Romanlar voqealari tasvirida xronotopning ifoda usullari — retrospeksiya, prospeksiya va retardatsiyadan yozuvchilarning foydalanish mahorati; esga olish, tush, peyzaj, portret orqali ifoda usullarining qorishuvi natijasida asar syujet chiziqlarining zamonlararo harakatini tahlil qilish; sistem-struktur tahlil orqali syujet va kompozitsiya unsurlarining xronotopni ifodalashdagi o‘rnini izohlash va romanlar sarlavhasi aynan badiiy zamon yoki badiiy makon ma’nosini anglatishini aniqlash tadqiqotning vazifasi hisoblanadi. Yozuvchilarning qahramon yaratish mahorati, umumlashtirish va tipiklashtirish xususiyatlari, peyzaj, portret, nutq, ichki monolog, gallyutsinatsiya, tush kabi ruhiy tahlil vositalari asosida zamonaviy romanlar badiiy estetikasining semiotik voqelanishi izohlangan. Epik asarlarga xos kompozitsion usul — retardatsiyadan foydalanishda adiblar uslubidagi individuallik va universallik aniqlanib, lirik chekinish, kiritma voqealar, rivoyat, epigraf, mufassal portret, personaj xarakteristikasini berishda ijodkorlar uslubiga xos mushtaraklik — personajning o‘tmishi haqida hikoya qilish, peyzajning parallel va kontrast tasviri kabi kompozitsion vositalarning birlamchi xarakterga egaligi poetik mezonlar negizida asoslangan

Сведения · Details