Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 294
NAZARIY POETIKA ASOSLARI TERMINLAR IDENTIFIKATSIYASI VA TRANSFORMATSIYASI PRIZMASIDA
Аннотация · Abstract
Maqolada adabiyotshunoslikning mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki nazariy poetika kategoriyalarini to‘g‘ri va ilmiy talqin qilishga oid murakkab metodologik masalalar atroflicha tadqiq etiladi. “Poetika” tushunchasining genezisi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va mazkur kategoriya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan “haqiqat”, “yolg‘on”, “haqiqatga yaqinlik”, “mantiqiylik” kabi falsafiy-estetik konseptlarning shakllanish jarayoni ilmiy tahlil markaziga olinadi. Falsafiy-estetik qarashlar doirasida vujudga kelgan ushbu terminlar keyinchalik badiiy matnning mazmun-mohiyatini tadqiq etishning metodik yo‘nalishlarini belgilab, adabiyotshunoslikda birlamchi terminologik tizimning shakllanishiga zamin yaratgani alohida ta’kidlanadi. Ushbu jarayon poetikaning dastlab adabiyot haqidagi umumiy fan sifatidagi talqinini, hamda fan obyekti va predmetining kengayishi jarayonida poetikaning adabiyotshunoslikning markaziy va strukturaviy kategoriyasiga aylanishini ko‘rsatib beradi. Poetika tushunchasining tarixiy shakllanishini o‘rganish adabiyotshunoslik fanining bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Maqolada terminologik apparatni identifikatsiya qilish, ilmiy qayta talqin etish va transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish orqali adabiyotshunoslikning metodologik asoslarini aniqlashga urinish amalga oshiriladi. Bu yondashuv terminlardan to‘g‘ri foydalanish imkonini kengaytirib, badiiy matnni ilmiy asosda talqin qilish sifatini oshiradi.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1762756945
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0