Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 216
O‘ZBEK HUDUDIY MATBUOTI: JADIDCHILIK DAVRIDAN RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA QADAR
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek hududiy matbuotining tarixiy taraqqiyoti jadidchilik davridan boshlab hozirgi raqamli transformatsiya bosqichigacha izchil tadqiq etilgan. Hududiy matbuot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida alohida o‘rin egallaydi, chunki u mahalliy aholi manfaatlarini ifoda etish, dolzarb muammolarni yoritish va davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida samarali kommunikatsiya o‘rnatishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada hududiy matbuot tarixiy taraqqiyotining to‘rt bosqichi — jadidchilik davri, sovet davri, mustaqillik davri va zamonaviy raqamli transformatsiya davri alohida tahlil qilinadi. Jadidchilik davrida matbuot milliy uyg‘onish jarayonining mafkuraviy quroli sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, sovet davrida u mafkuraviy nazorat va senzura ostida faoliyat yuritgan. Mustaqillik yillarida matbuot erkinligi ta’minlanib, demokratik qadriyatlar, milliy mafkura va ma’naviy-ma’rifiy yangilanishni yoritishda muhim rol o‘ynagan. XXI asrda internet jurnalistikasi va ijtimoiy tarmoqlarning keng yoyilishi natijasida hududiy matbuot tezkorlik, interfaollik va multimedia imkoniyatlari bilan boyigan, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga xizmat qiluvchi kuchli kommunikativ tizimga aylangan. Tadqiqot natijalari hududiy matbuotning funksional xususiyatlari — mahalliy axborotni yetkazish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib qilish, davlat va jamiyat o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlash — jurnalistika nazariyasi va amaliyoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Shu bois hududiy matbuot tarixini o‘rganish nafaqat o‘tgan davrlarni tahlil qilish, balki bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida mahalliy kommunikatsiya tizimlarini chuqurroq anglash imkonini beradi.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1762420421
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0