Central Asian Research Index

Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 172

ISAJON SULTONNING “AVLIYO” HIKOYASI INGLIZCHA TARJIMASINING LINGVISTIK VA ADABIY TAHLILI

Guzaloy SOBIROVA

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy tarjima jarayonida uchraydigan nozikliklar hamda leksik tafovutlar Isajon Sultonning “Avliyo” hikoyasi misolida tahlil qilinadi. Asarning inglizcha tarjimasidagi lingvistik, sintaktik, idiomatik va stilistik farqlar misollar asosida o‘rganiladi. Badiiy tarjimada so‘z tanlovi, gap tuzilishidagi tafovutlar, madaniy va milliy ramzlarning ahamiyati yoritiladi. Tarjimonning vazifasi — o‘z xalqining milliyligi, dunyoqarashi, psixologiyasi va ma’naviy o‘ziga xosligiga putur yetkazmagan holda asarni jahon adabiyoti miqyosida taqdim etishdan iborat ekani ta’kidlanadi. Maqolaning asosiy qismida badiiy tarjimada madaniy kontekst va milliy koloritni saqlagan holda asarning semantik va estetik mohiyatini o‘quvchiga to‘laqonli yetkazish masalasi yoritiladi. Ushbu masala qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohasida dolzarb bo‘lib, bugungi globallashuv davrida o‘zbek adabiyotining durdonalarini jahon jamoatchiligiga tanishtirishda uning o‘ziga xos milliy ruhini asrab qolish hamda sifatli tarjimalar orqali o‘quvchilar doirasini kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Isajon Sultonning “Avliyo” hikoyasidagi obrazlar, ramzlar, mazmun va mohiyat badiiy adabiyotda keng tahlil qilingan bo‘lsa-da, uning inglizcha tarjimasining badiiy va lingvistik tahlili hanuz to‘liq yoritilmagan. Ushbu maqolada aynan hikoyaning inglizcha tarjimasi tarjima nazariyasi va badiiy-lingvistik tamoyillar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Asosiy maqsad — badiiy tarjima jarayonida paydo bo‘ladigan turli madaniy va lingvistik muammolarni aniqlash, tahlil qilish va ularning muqobil yechimlarini taklif etishdir. Natijada, sifatli tarjima orqali Isajon Sultonning “Avliyo” hikoyasi ko‘plab o‘quvchilarga yetib borib, jahon miqyosida tanilgan asarga aylangan

Сведения · Details