Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 113
TURK VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KISHI OTI, UNVONI VA LAQABLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI
Аннотация · Abstract
Tadqiqotda ism, unvon va laqablarning etimologik kelib chiqishi, ularning tilning lug‘at fondidan o‘rin olishi hamda leksikografik manbalarda qayd etilishi ustida so‘z yuritiladi. Xususiyatiga ko‘ra, ism, unvon va laqablarning ma’nosi kengayib-torayib boradi hamda qo‘llanish jarayonida boyib borishi kuzatiladi. Hatto til qo‘llanishida mustahkamlangan ayrim laqablar zamonlar osha saqlanib qoladi: Sulton Boyazid Yildirim, Sulton Yavuz Selim, Sohibqiron Jahongir Amir Temur Ko‘ragon kabi. Tillarda qo‘llanilayotgan ism, unvon va laqablarning o‘rganilishi dolzarbligining sababi — xalqning ichki xususiyatlarini ochishga xizmat qilishi va madaniy xarakterini belgilashidadir. Eng avvalo, farzandga ism qo‘yishda oila madaniyati va ijtimoiy o‘rni namoyon bo‘ladi. Keyinchalik esa inson egallagan kasbiga va jamiyatdagi mavqeiga ko‘ra unvonga ega bo‘ladi. Nihoyat, xarakteri, xulq-atvori, xatti-harakati, faoliyati va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra laqab oladi. Laqablarning ba’zilari doimiy, ya’ni qoluvchan bo‘lsa, ba’zilari o‘zgaruvchan va unutilib ketuvchi bo‘ladi. Doimiy laqablar leksikografik manbalarda qayd etiladi, o‘zgaruvchanlari esa xalq og‘zaki nutqida yashab, vaqt o‘tishi bilan unutiladi. Har ikki tildagi ism, unvon va laqablarda kuzatilgan muhim jihatlardan biri — ularning etimologik kelib chiqishi bir xil bo‘lib, asosan arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardir. Tuzilishiga ko‘ra, ular sodda, yasama va qo‘shma so‘zlardan tashkil topgan; funksiyasiga ko‘ra esa, turlicha turlarga bo‘linadi. Ma’nosiga ko‘ra, bir nechta funksiyani bajarishiga qaramasdan, ular ikki turga ajraladi: a) ijobiy; b) salbiy ma’noda ishlatiladiganlar. Tadqiqotda qayd etilgan yana bir muhim jihat — ism, unvon va laqablar orasidagi o‘zaro bog‘lanishdir. Bu bog‘lanish, unvon va laqablarning atoqli ismga aylanishi va faol qo‘llanishi bilan belgilanadi. Masalan, turk tilida Yıldırım, Yavuz; o‘zbek tilida esa Jahongir, Amir, Sulton kabi misollar keltiriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1762272524
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0