Foreign Languages in Uzbekistan, 2025, с. 64
O‘ZBEK TILIDA KOGNITIV METAFORA VA METONIMIYA TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi kognitiv metafora va metonimiyalarda milliy tafakkurning aks etishi turli misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda dastlab metafora tushunchasi va uning turlari — oddiy, jonlantiruvchi, sinestetik hamda kognitiv metaforalar — nazariy jihatdan yoritilib, har birining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Kognitiv metafora olamni bilishning muhim vositasi sifatida talqin qilingan bo‘lib, uning shakllanish mexanizmi donor va qabul qiluvchi elementlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar orqali aniqlangan. Shuningdek, kognitiv metaforaning asosiy turlari — struktur, oriyentatsion va ontologik metaforalar — badiiy matnlar misolida tahlil qilingan. Maqolada harakatning abstraktlashuvi va vaqt ma’nosiga asoslangan kognitiv metaforalar atroflicha yoritilgan. Har bir turdagi metaforada milliy idrokning belgilovchi roli alohida ta’kidlangan. Kognitiv metafora doirasida milliy tafakkurning hal qiluvchi ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqotda ilk bor “kognitiv metonimiya” atamasi qo‘llanib, uning mohiyati ilmiy jihatdan izohlangan. Kognitiv metonimiyada ham til egalarining olam haqidagi tizimli bilimlari va konseptual tasavvurlari ifodasini topishi aniqlangan. Kognitiv metafora jarayonida abstrakt va murakkab tushunchalar konkret birliklar orqali ifodalanib, bilish jarayonini soddalashtiradi. Shu tariqa metafora bilishning faol vositasi sifatida namoyon bo‘ladi, o‘xshatish asosi esa milliy tafakkur bilan belgilanadi. Kognitiv metonimiyada esa abstrakt tushunchalar o‘zaro konseptual aloqadorliklar orqali anglanadi. Xulosa o‘rnida, kognitiv metafora va kognitiv metonimiyada abstrakt tushunchalarning anglanishida konkret tushunchalar asosiy rol o‘ynashi, hissiy va aqliy bilish jarayonlarining o‘zaro hamkorligi esa yanada ravshanroq namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.36078/1762248673
- Журнал · Journal Foreign Languages in Uzbekistan
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0